» » Yakkabog‘dan murojaat: “Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. Gaz ‘zapravka’ga o‘zimiz chiqaylik desak — karantin”

Yakkabog‘dan murojaat: “Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. Gaz ‘zapravka’ga o‘zimiz chiqaylik desak — karantin”


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani “Xonaqa” mahalla fuqarolar yig‘ini Cho‘yanli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sayyora Arziyevaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, u yashaydigan hududga suyultirilgan gaz ballonlari salkam ikki oydan beri yetkazib berilmayapti.

“Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. Ovqat pishirishda, kundalik turmushda gazsizlikdan qiynalyapmiz. O‘zimiz ‘gaz-zapravka’ga chiqib kelaylik desak — karantin”, — deydi murojaatchi. Aholi holat yuzasidan mahalla raisiga ham bir necha bor shikoyat qilgan. “Rais tuman gaz idorasiga murojaat qilganini, natija chiqmayotganini aytdi”, — deya qo‘shimcha qildi Sayyora Arziyeva.

Yakkabog‘ tumani markazidan 20—25 kilometr masofada joylashgan, Qizilqishloq, Cho‘yanli va Xonaqa qishloqlarini birlashtiruvchi “Xonaqa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Nodir Bozorov bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Yakkabog‘ tumani gaz idorasi rahbari Shermatilla Mixliyev esa Cho‘yanliga oxirgi marta gaz ballonlari 48 kun avval olib borilganini tan oldi.

“Siz aytayotgan hududga 24-mart kuni gaz ballonlarini yetkazishimiz kerak edi, ammo bayram sabab bu ish ortga surildi. Bugun, 25-mart kuni xodimlarimiz gaz ballonlarni olib, o‘sha qishloqqa ketgan. Tez orada qishloqdagi 852 xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi”, — dedi Mixliyev “Daryo” muxbiri bilan suhbatda.

Ayni vaqtda, “Daryo”ga shikoyat qilgan murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, 25-mart kuni soat 19:00 ga qadar qishloqqa suyultirilgan gaz ballonlari yetkazilmagan.

Yakkabog‘dan boshqa xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют