» » Qirg‘iziston parlamentida qirg‘iz alifbosini lotinchaga o‘tkazish taklif qilindi

Qirg‘iziston parlamentida qirg‘iz alifbosini lotinchaga o‘tkazish taklif qilindi


13-aprel kuni Qirg‘izistonda parlament yig‘ilishida deputatlardan biri kirill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tish taklifini ilgari surdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, taklif “Ota Makon” fraksiyasi deputati Qonibek Imonaliyev tomonidan bildirilgan.

Deputatning fikricha, lotin alifbosiga “og‘riqsiz” o‘tish uchun hozirdanoq mamlakatda filologlar tayyorlashni boshlash kerak.

“Kirill alifbosi bizning intellektual merosimiz va, albatta, biz undan foydalanaveramiz. Biroq 2030—2040-yillarga qadar lotinchaga o‘tishimiz zarur. Bu zamon talabi”, — dedi Imonaliyev.

Deputat lotinchaga o‘tish uchun ayni damda respublikada zarur imkon va vositalar yo‘qligini, biroq 15—20 yildan keyin Qirg‘izistonda bu taklifni amalga oshirish zarur bo‘lishini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют