» » Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanishi so‘mning almashuv kursiga nima uchun ta’sir qilmayotganiga izoh berdi

Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanishi so‘mning almashuv kursiga nima uchun ta’sir qilmayotganiga izoh berdi


Hozirgi vaqtda koronavirus pandemiyasi ta’sirida jahonda ishlab chiqarish hamjlari va neft narxining pasayishi sharoitida O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istonning valyutalari qadrsizlanmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki mazkur mamlakatlar valyutalarining qadrsizlanishi nima uchun o‘zbek so‘miga ta’sir qilmayotganiga izoh berdi.

Ta’kidlanishicha, jahon iqtisodiyotidagi hozirgi vaziyatning o‘ziga xos xususiyati va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga, shu jumladan, valyuta bozoriga ta’siri avvalgi global iqtisodiy sharoitlardan biroz farq qiladi.

Bundan tashqari, yil boshidan banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari doirasida kreditlashga bo‘lgan muvozanatli yondashuv, shuningdek, pul-kredit siyosatining bozor instrumentlaridan faol foydalanishga o‘tilishi umumiy hisobda valyuta bozori konyunkturasiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsata boshladi.

Shu bilan birga, ichki valyuta bozoridagi taklif tarkibida pul o‘tkazmalari bilan bir qatorda xususiy va davlat sektorlari tomonidan jalb qilinayotgan uzoq muddatli qarz va investitsiyalar ko‘rinishidagi xorijiy kapitalning ulushi asta-sekin o‘sib bordi.

Xususan, jismoniy shaxslar tomonidan banklarga chet el valyutasini sotish hajmi ketma-ket 4 oy davomida joriy pul o‘tkazmalari hajmidan yuqori bo‘ldi.

Natijada rubl va tenge qadrsizlanishi mehnat resurslari harakatiga cheklovlar joriy etilishiga va buning natijasida chetdan kirib keladigan pul o‘tkazmalarining vaqtincha pasayishiga qaramay, almashuv kursining hozirgi dinamikasi hamda ichki valyuta bozorida keskin tebranishlar kuzatilmadi. Ushbu holatni quyidagilar bilan izohlash mumkin:

birinchidan, kutilayotgan global iqtisodiy pasayish va pandemiyaga qarshi ko‘rilayotgan choralar iqtisodiy faollikning pasayishiga olib keladi. Bunda import va shunga mos ravishda xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning ham pasayishi kuzatilmoqda;

ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va koronavirusning sezilarli ta’siri bo‘lgan sektorlarda kreditlarni qaytarish jadvallarining qayta ko‘rib chiqilishi va muddatlarining uzaytirilishi hisobiga bank kreditlariga bo‘lgan talabning avval prognoz qilingan ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda;

uchinchidan, inqirozga qarshi jamg‘armani shakllantirishda asosan tashqi manbalarga urg‘u berilayotganligi valyuta bozoriga qo‘shimcha taklif olib keladi;

to‘rtinchidan, oltin narxining o‘sishi hisobiga Markaziy bankning oltin valyuta zaxiralari neytralligi tamoyili asosida amalga oshiriladigan doimiy valyuta intervensiyalari hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan o‘rtacha 30 foizga oshishiga imkon yaratadi.

Ayni paytda jismoniy shaxslar tomonidan banklardan sotib olinayotgan valyuta hajmining nisbatan oshishi yuqori devalvatsion kutilmalar bilan izohlanib, kelgusida rubl va tenge almashuv kursining barqarorlashuvi va o‘z navbatida, devalvatsion kutilmalarning pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda.

Kelgusida so‘m almashuv kursi shakllanishi iqtisodiyotning importga bo‘lgan talabi, eksport va pul o‘tkazmalaridan valyuta tushumlariga darajasi bilan bog‘liq. Bugungi kungacha qilingan tahlillar milliy valyuta almashuv kursi dinamikasida ma’lum bir kichik to‘g‘irlanishlar bo‘lishi mumkinligini va so‘mning keskin devalvatsiyasi bo‘yicha ehtimollarning yuqori emasligini ko‘rsatmoqda.

Markaziy bank joriy vaziyat va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda, koronavirus pandemiyasining ichki valyuta bozoriga ta’sirini tegishli ravishda baholab, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rib boradi.

Avvalroq Markaziy bank kassalarga kelib tushgan naqd pullarni omborxonalarda bir hafta davomida alohida saqlashni, plastik kartalardan foydalanganda ularni spirt bilan artib turishni, koronavirusdan saqlanish uchun naqd pullardan kamroq foydalanishni tavsiya qilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashishga bir kunda 5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ildi

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 kishini tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют