» » Entoni Joshuaning chempionlik kamari himoyasi uchun jangi 25-iyulga ko‘chirildi

Entoni Joshuaning chempionlik kamari himoyasi uchun jangi 25-iyulga ko‘chirildi


Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1, 21 KO) o‘zining navbatdagi jangini 25-iyulda o‘tkazadi, deya xabar bermoqda RingPolska.

Joshuaga ushbu jangda bolgariyalik Kubrat Pulev (28-1, 14 KO) raqiblik qiladi. Joshua ushbu to‘qnashuvda IBF kamarini himoya qiladi. Pulev ayni damda mazkur yo‘nalishda Joshuaga qarshi ringga chiqish uchun birinchi raqamli da’vogar hisoblanadi.

Qayd etish joiz, ushbu jang aslida 20-iyun kuni Londondagi “Tottenhem” stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangandi. Biroq koronavirus sabab jang muddati o‘zgartirildi.

Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi jang uchun “Tottenhem” stadionini 25-iyul sanasiga band qilib qo‘ygani aytilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют