» » Audi va Volkswagen koronavirus sabab o‘z logotiplarini vaqtincha o‘zgartirdi

Audi va Volkswagen koronavirus sabab o‘z logotiplarini vaqtincha o‘zgartirdi


Volkswagen va Audi o‘zlarining logotiplari vaqtincha o‘zgargan videoni e’lon qildi. Audi’ning halqalari turli tomonlarga “ajralgan”, Volkswagen’ning V hamda W harflari orasida masofa paydo bo‘lgan. Shu orqali nemis avtomobilsozlik kompaniyalari koronavirus sabab odamlarni masofa saqlashga chaqirmoqda, deb xabar beradi Motor.

Koronavirus pandemiyasi avtomobil sanoatiga ham jiddiy zarar yetkazyapti. Jahon bo‘yicha mashinalar savdosi, ishlab chiqarish to‘xtab qolgan. Avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Xitoy koronavirusiga qarshi kurashga qo‘ldan kelgancha o‘z hissalarini qo‘shmoqda: qaysidir kompaniya o‘z binolarini vaqtincha gospital sifatida foydalanishni taklif etayotgan bo‘lsa, boshqalar millionlab pullarni xayriya qilmoqda, yana bir qismi tibbiyot qurilmalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Audi va Volkswagen esa o‘z navbatida insonlarni ijtimoiy mas’uliyatga chaqirish yo‘lini o‘ylab topdi. Ular vaqtinchalik o‘z emblemalarini o‘zgartirib, yangi logotiplarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Ikki metr oraliq COVID-19 koronavirusini yuqtirib olmaslikka yordam beradi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют