» » Karantin sababli ba’zi jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida 1-oktabrgacha imtiyozli davr beriladi

Karantin sababli ba’zi jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida 1-oktabrgacha imtiyozli davr beriladi


O‘zbekiston Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq riskini yumshatish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida qarzdorlarning kredit to‘lovlari bilan bog‘liq risklarni yumshatish maqsadida Markaziy bank tomonidan barcha kredit tashkilotlariga quyidagilar tavsiya etiladi:

Shuningdek, kredit tashkilotlariga yuqoridagi tavsiyalarga asosan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar sifatining tasnifini o‘zgartirmaslik huquqi berildi.

O‘z navbatida, joriy etilgan karantin holatidan kelib chiqib, masofalanishni ta’minlash maqsadida kredit tashkilotlariga qisqa muddat ichida kredit to‘lovlarini kechiktirish masalalari bo‘yicha murojaatlarni masofaviy tarzda ko‘rib chiqish tizimini yaratish choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, Markaziy bank joriy etilayotgan imtiyozlardan oqilona foydalanib, mijozlar tomonidan haqiqatda moliyaviy ahvoli yomonlashgan holatda kredit tashkilotlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanishi so‘mning almashuv kursiga nima uchun ta’sir qilmayotganiga izoh berdi

Avvalroq Markaziy bank kassalarga kelib tushgan naqd pullarni omborxonalarda bir hafta davomida alohida saqlashni, plastik kartalardan foydalanganda ularni spirt bilan artib turishni, koronavirusdan saqlanish uchun naqd pullardan kamroq foydalanishni tavsiya qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют