» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 60 nafarga yetdi. Infeksiya bilan kasallangan bemor Namanganda aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 60 nafarga yetdi. Infeksiya bilan kasallangan bemor Namanganda aniqlandi


Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bittaga oshib, 60 nafarga yetgani haqida ma’lum qildi.

“Ushbu infeksiya Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir: SSV bemorlar ahvoli og‘irligini aytib, tanishlaridan “rozi-rizolik so‘ragan” tibbiyot xodimi videosiga izoh berdi

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 59 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi davolanayotgan bemorlar orasida Toshkentdan tashqari Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolar borligi, shuningdek, 2 nafar bemor Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют