» » Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: 2 mlrd kishi majburan go‘ngli suv ichmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti: 2 mlrd kishi majburan go‘ngli suv ichmoqda


Dunyoda qariyb ikki milliard kishi go‘ng bilan ifloslangan suvni ichishga majbur, deb ma’lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Tashkilot saytida e’lon qilingan axborotga binoan ifloslangan suvni ichish har yili 500 ming kishining diareya oqibatida halok bo‘lishiga olib kelmoqda. Shuningdek, bunday suv vabo, poliomielit, terlama, ichburug‘, traxoma kasalliklari bilan og‘rish hamda parazitlar, xususan, gijjalarni yuqtirib olish xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Qayd etilishicha, suv uchun, sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilish uchun ajratiladigan yillik mablag‘ so‘nggi uch yilda 4,9 foizga oshganiga qaramay, davlatlarning 80 foizida butun mamlakat bo‘yicha aynan shu sohada rivojlanishga erishish uchun pul yetmayapti.

Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda esa infratuzilma hali aholiga xavfsiz va ishonchli xizmatlar yetkazib bera oladigan darajaga yetib kelmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют