» » Namangan shahriga 26-martdan boshlab kirish-chiqish to‘xtatiladi

Namangan shahriga 26-martdan boshlab kirish-chiqish to‘xtatiladi


Namangan shahriga 26-mart, payshanba kunidan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning bugun qabul qilgan farmoyishiga muvofiq, 2020-yil 26-mart kuni soat 00:01 dan boshlab Namangan shahriga kirish va Namangan shahridan respublikaning barcha hududlari, jumladan, viloyat tumanlariga har qanday transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport)da chiqish to‘xtatiladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish ekanligi bildirilgan.

Ushbu cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, shaharda doimiy yashovchi shaxslarga Namangan shahriga kirish uchun, viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan ma’sul xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Farmoyishga asosan, karantin davrida tartib-intizom va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi bo‘yicha viloyat shtabi tuzildi. Mazkur shtabga shahar hududiga kirish-chiqish joylarini teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash, qo‘yilgan cheklovlar hamda karantin qoidalarini buzgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini ta’minlash vazifalari yuklatildi.

Mavzuga doir: 6 viloyat aholisini Toshkentga olib boruvchi Samarqand postlarida kirib-chiqish to‘xtatildi

Eslatib o‘tamiz, 25-mart holati bo‘yicha O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganlar soni 60 nafarga yetdi. Infeksiya Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-03-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют