» » Koronavirus sabab yopilgan Buyuk Xitoy devori tashrif uchun qisman ochildi

Koronavirus sabab yopilgan Buyuk Xitoy devori tashrif uchun qisman ochildi


Pekin hukumati Xitoyda epidemiologik vaziyat yaxshilanishi bilan koronavirus sabab yopilgan turistik obyektlarni asta-sekin ochishni boshladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Xususan, 23-mart, dushanba kunidan boshlab Buyuk Xitoy devoriga kirish ochilgan, shahar hayvonot bog‘i ishi tiklangan.

24-martdan boshlab har kuni soat 09:00 dan 16:00 gacha shahar hukumati Buyuk Xitoy devorining “Badalin” nomli qismini tashrif uchun ochgan, qolgan qismlar esa, shu jumladan, dor yo‘li yopiqligicha qolmoqda.

Odamlar ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida bu yerga kuniga 19,5 mingdan ortiq odam o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chiptalar onlayn xarid qilinishi lozim.

Shahar hayvonot bog‘i ham ishini davom ettirishni boshlagan. Aholiga ochiq pavilyonlarga tashrif buyurishga ruxsat beriladi. Ichkaridagi yopiq pavilyonlarga esa kirish yopiqligicha qolgan. Unga ham chiptalarni tashrif buyurishdan bir kun oldin onlayn tarzda sotib olish kerak.

Eslatib o‘tamiz, Pekindagi barcha turistik obyektlar, muzeylar koronavirus tarqalishi sababli yanvar oyidan buyon yopilgan edi.  Ayni paytda Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi.

Mavzuga doir: Xitoyda Uxanga qo‘yilgan transport cheklovlari qachon olib tashlanishi ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют