» » Ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgan oq rangli Nexia haydovchisiga chora ko‘rildi

Ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgan oq rangli Nexia haydovchisiga chora ko‘rildi


Toshkent shahar IIBB 22-martdan 23-martga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda “Oq Neksiya haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay “Tungi kapalak” qizlarni olib, qochib ketdi” sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari o‘z xizmat yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli Nexia avtomobil egasi 27 yoshli A.X. ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganiga qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan ma’muriya bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylangan.

Shuningdek boshqama xabarida tez orada ushbu holat bo‘yicha videolavha orqali batafsil ma’lumot berilishi ham qayd etilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют