» » Amerikalik ayol lotereyadan million dollar yutib oldi. U buni ezgu amali uchun mukofot deb qabul qildi

Amerikalik ayol lotereyadan million dollar yutib oldi. U buni ezgu amali uchun mukofot deb qabul qildi


AQShning Oregon shtatida yashovchi ayol xayrli amali unga omad keltirganini ta’kidlamoqda, deb yozadi UPI.

Anna Charkovich va uning eri Brayan ko‘chada adashib qolgan bolani uchratib qoldi hamda uni uyiga eltib qo‘ydi. Anna ushbu voqeadan so‘ng Oregon Lottery Raffle lotereyasi chiptasini sotib oldi.

“Birovga yaxshilik qildimmi, men bilan ham yaxshilik yuz berishi kerak, deb o‘yladim. Yutishimni oldindan sezdim, intuitsiya menga pand bermadi”, — deydi ayol.

Lotereyadan er-xotinga bir million dollar chiqdi. Ayol va uning turmush o‘rtog‘i pullarni mamlakat iqtisodiyoti barqarorlashmaguncha ishlatmay turishga qaror qildi.

“Hozir iqtisodiyotning holati tushunarsiz. Shuning uchun pulni ehtiyot qilishimiz kerak”, — deydi Brayan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 18) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют