» » Instagram’dan karantinda yangilik: endi postlarni do‘stlar bilan videochatda ko‘rish mumkin

Instagram’dan karantinda yangilik: endi postlarni do‘stlar bilan videochatda ko‘rish mumkin


Karantin, ijtimoiy masofa saqlash kerakligi turli sohalar xususan, ijtimoiy tarmoqlarni ham chetlab o‘tmadi. Instagram COVID-19 tufayli uchrasha olmayotgan do‘stlarning virtual uchrashishi uchun imkoniyat yaratdi. Bu haqda Elle nashri xabar berdi.

Endilikda turli nuqtada bo‘lgan do‘stlar guruhli videochat funksiyasidan foydalangan holda o‘zining va boshqalarning postlarini tomosha qilishi mumkin.

Tarmoqdagi Co-Watching funksiyasidan bir vaqtning o‘zida olti kishi foydalanishi mumkin. Shuningdek, suhbat ishtirokchilari bir-biriga Instagram’dagi surat va videolarni ko‘rsata oladi. Muayyan surat bosilganda xizmat yuklangan va saqlangan umumiy postlarni ko‘rishni taklif qiladi.

Bundan tashqari, Instagram’dagi storizlarga karantindagilar uchun uyda qolish, ijtimoiy masofa saqlash va qo‘llarni yuvishga bag‘ishlangan stikerlar qo‘shilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют