» » AQShning Bag‘doddagi elchixonasi yaqiniga ikkita raketa kelib urildi

AQShning Bag‘doddagi elchixonasi yaqiniga ikkita raketa kelib urildi


Bag‘doddagi AQSh elchixonasi va ma’muriy binosi joylashgan “yashil hudud” raketalar zarbasiga uchradi, deb xabar beradi Al Arabiya telekanali.

Iroq poytaxti markazida xavfni bildiruvchi signal 25-mart kuni kechasi ko‘tarilgan. Ta’kidlanishicha, snaryadlarning qulayotgani va portlashlar ovozi eshitilgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zalp o‘t ochish tizimidan uchirilgan ikkita raketa Amerika elchixonasi yaqiniga kelib tushgan. Jabrlanganlar va yetkazilgan zarar haqida ma’lumot yo‘q.

Mavzuga doir: Bag‘dodda AQSh qo‘shinlarining Iroqda bo‘lib turishiga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Bag‘dodning markaziy qismi jangarilar tomonidan muntazam hujumga uchrab turadi. “Yashil hudud”ga qarata oxirgi marta 2-mart kuni raketalar uchirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют