» » JSST rahbari fuqarolarni faqat izolyatsiya qilish bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi

JSST rahbari fuqarolarni faqat izolyatsiya qilish bilan cheklanib qolmaslikka chaqirdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada o‘tkazilgan brifingda fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiyalashi va harakatlarning cheklanishi koronavirus pandemiyasini butkul yengishga yordam bermasligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi chora-tadbirlar kasallikning tarqalishiga qarshi kurash yo‘lida vaqtdan yutish imkonini beradi, ammo insonlar hayotini saqlab qolish uchun bu yetarli emas. “Siz imkoniyatlar oynasini yaratdingiz. Biroq masala undan qanday foydalanishingizda”, — deydi JSST rahbari.

Gebreyesusning ta’kidlashicha, kasallikning tarqalishiga qarshi kurashda olg‘a siljishning oltita usuli mavjud. Birinchi navbatda, sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va kasallik bilan ishlayotgan tibbiyot xodimlarini tayyorlash zarur. Shuningdek, infeksiyani yuqtirib olgan barchani aniqlash va koronavirusni aniqlovchi testlar sonini ko‘paytirish kerak.

Shuningdek, Gebreyesus bemorlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha shifoxonalar tayyorlash, kasallarning barcha aloqalarini kuzatish va barcha kuchni koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltirish lozimligini ma’lum qildi.

“Bu kabi choralar virus tarqalishining oldini olibgina qolmay, barcha cheklovlar olib tashlangandan so‘ng ham epidemiyaning qayta tarqalishi oldini oladi”, — deydi JSST rahbari.

Mavzuga doir:

Hozirda dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus pandemiyasiga chalinganlar soni 400 ming kishidan oshib ketdi. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, bemorlar soni ko‘pligi bo‘yicha yuqori beshlikdan Xitoy, Italiya, AQSh, Ispaniya va Germaniya joy olgan. AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha 52 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 677 kishi vafot etgan. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют