» » Toshkentda ikki farzandini bolalar uyiga topshirib, fohishalik bilan shug‘ullanayotgan homilador ayol qo‘lga olindi

Toshkentda ikki farzandini bolalar uyiga topshirib, fohishalik bilan shug‘ullanayotgan homilador ayol qo‘lga olindi


Toshkent shahar ichki ishlar idoralari tomonidan olib borilayotgan “Oriyat” tadbirlari davomida fohishalik va fohishaxona saqlash jinoyatlari bilan shug‘ullanayotgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olingan ayollarning ko‘rsatmalari namoyish etildi.

Mavzuga doir: Toshkentda hafta davomida 30 fohishaxona aniqlanib, 69 fohisha qo‘lga olindi

Qo‘lga olinganlardan birining ko‘rsatma berishicha, u Andijon viloyatidan bo‘lib, Toshkent shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning ikki farzandi bor va ularni bolalar uyiga topshirgan. Qo‘lga olingan ayolning hozirgi vaqtda sakkiz oylik homilasi bo‘lib, homila u bilan yashagan bir yigitdan bo‘lgan. Yigit ayolning homildor bo‘lganini bilgach uni tashlab, qochib ketgan.

Yana biri fohishaning bitta bolasi bor. U eridan ajrashgan, bolasini enagaga berib, o‘zi uch oydan buyon fohishalik bilan shug‘ullangan. Uning aytishicha, 100—150 ming so‘mga mijozlarga intim xizmat ko‘rsatgan.

Samarqand viloyatidan bo‘lgan yana bir fohisha ayolning uch farzandi bor, u ham eridan ajrashgan. U farzandlarini Samarqandda qoldirib, o‘zi Toshkentda 2017-yil yanvar oyidan beri fohishalik bilan shug‘ullanib kelgan.

Qachondan beri fohishalik qilayotganini bilmaydigan yana bir ayol mazkur jinoyat bo‘yicha bir necha bor sudlangan. Qiziq tomoni, u dastlabki so‘roq vaqtida fohishalik bo‘yicha necha marta sudlanganini ham bilmasligini aytib o‘tgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют