» » Ispaniya futbol federatsiyasi klublarga 500 mln yevro miqdorida yordam puli bermoqchi

Ispaniya futbol federatsiyasi klublarga 500 mln yevro miqdorida yordam puli bermoqchi


Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubiales tashkilot koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan holatda ispan klublariga moliyaviy yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Biz moliyaviy tashkilotlar bilan suhbatlashdik. Agar La Liga istasa, birgalikda bu masalani muhokama qilamiz. Hozirda 500 million yevro miqdorida kredit taqdim etish borasida ishlayapmiz”, — deydi Rubiales.

Avvalroq Angliya futbol ligasi (EFL) klublarga foizsiz kredit ajratish tashabbusi bilan chiqqandi.

Mavzuga doir: “Barselona”ning ayrim futbolchilari koronavirus sabab maoshning qisqarishiga qarshi chiqdi

26-mart holatiga ko‘ra Ispaniyada COVID-19 infeksiyasi bilan zararlangan soni 50 mingga yaqinlashib qoldi, kurbonlar soni 3600 dan oshib ketgan. Yana besh mingdan oshiq kishi sog‘ayishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют