» » Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kishidan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kishidan oshdi


Pandemiya boshlanganidan buyon butun dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.

Vafot etganlarning aksariyat qismi Italiyada — 7,5 ming kishi. Ispaniyada esa virus oqibatida vafot etganlar soni 3,6 mingga yetgan. Virus o‘chog‘i hisoblangan Xitoyning Xubey provinsiyasida ushbu ko‘rsatkich — 3,1 ming kishini tashkil etmoqda.

26-mart holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 471,5 ming kishiga yetgan. Virusni yuqtirib olganlarning asosiy qismi Xitoyda — 81,7 ming kishi. Undan keyingi o‘rindan Italiya (74 ming) va AQSh (69 ming) joy olgan. O‘zbekistonda esa koronavirusni yuqtirib olganlar soni 65 kishiga yetgan.

Avvalroq koronavirus qurbonlari soni esa 18 mingdan oshib ketgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi tezlashganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют