» » Huawei o‘z texnologiyalari yordamida dunyo bo‘ylab insonlar salomatligini asrashga hissa qo‘shmoqda

Huawei o‘z texnologiyalari yordamida dunyo bo‘ylab insonlar salomatligini asrashga hissa qo‘shmoqda


Huawei kompaniyasi dunyoning 170 ta mamlakatida va mintaqalarida o‘z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda va bugungi kunda ushbu davlatlarning ayrimlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham faoliyatining 20 yilligini nishonlamoqda. Ko‘plab davlatlarning AKT infratuzilmasini mustahkamlashga qaratilgan muhim loyihalarni amalga oshirish bilan Huawei kompaniyasi qiyin paytlarda ham ularning barqaror rivojlanishi va qo‘llab-quvvatlanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Koronavirus pandemiyasi sharoitida kompaniya zarur bo‘lgan joylarga, ham texnologik, ham sof insoniy nuqtayi nazardan o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilmoqda.

Xitoyda COVID-19 jadal tarqala boshlagan, shifokorlar va barcha tibbiyot xodimlari qo‘li qo‘liga tegmay tinimsiz ishlagan vaqtda, koronavirus bo‘yicha tashxis o‘tkazish uchun Huawei Cloud bulutli yechimlariga asoslangan sun’iy intellekt yordamga kelgan edi.

O‘pkaga yetadigan jiddiy kasallik va uning rivojlanayotgan pnevmoniya fonida tez o‘zgarishi tufayli qisqa vaqt ichida ko‘p martalab takroriy tekshiruvlar va tasvirlarni sinchkovlik bilan o‘rganish talab etiladi va bu kompyuter tomografiyasi natijalarini tekshirish bilan shug‘ullanadigan shifokorlarning ishini sezilarli darajada ko‘paytiradi. Xitoyda joriy etilgan tezlashtirilgan diagnostika xizmati bir necha soniyada bitta holat bo‘yicha yakuniy natijani chiqarish uchun sun’iy intellekt asosida ishlaydigan Huawei Ascend seriyasiga oid mikrosxemaning kuchli hisoblash imkoniyatlaridan foydalanadi. “Sun’iy Intellekt + Shifokor ko‘rigi” yechimi tasvirlarni qo‘lda miqdoriy baholashdan o‘n baravar tezroq bo‘lib, bu tashxisning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.

Yaqinda, sun’iy intellektga ega Huawei bulutiga asoslangan xuddi shunday COVID-19 yordamchi diagnostika tizimi Ekvadordagi ikkita umumiy shifoxonada ham o‘rnatildi.

Huawei’ning video-konferensiyalar tizimi shifokorlarga butun dunyo bo‘ylab shifokorlarni birlashtirishga, shuningdek epidemiya bilan kurashish bo‘yicha vaziyat markazlari rahbarlariga selektorli video-yig‘ilishlarni o‘tkazishga imkon beradi. Shu kunlarda Huawei tomonidan bepul taqdim etilgan video-konferensiya aloqalari tizimlari Pokistonda, Keniyada, shuningdek, O‘zbekistonda ham bosh idoralar, institutlar va sog‘liqni saqlash vazirliklarini bir-biriga bog‘lashga imkon berdi.

Yaqinda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida o‘rnatilgan asbob-uskunalar asosida xitoylik mutaxassislar bilan mamlakatda virus tarqalishining oldini olish masalalarini muhokama qilish uchun masofaviy aloqa o‘rnatildi. Shuningdek, Huawei mutaxassislari tez tibbiy yordam xizmatining call-markazi, Sanitariya-epidemiologik farovonlik agentligi va Toshkent shahridagi Virusologiya instituti o‘rtasida video aloqani yo‘lga qo‘yishga yordam berdi.

Shu kunlarda ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash va o‘quv jarayonini barcha ta’lim muassasalari yopilishiga qaramay barchaning ta’lim olishini ta’minlash juda muhimdir. Ta’limni sinf xonasidan tashqarida ham olish imkoniyati paydo bo‘lganiga ancha vaqt bo‘lgan va hozirda masofadan olish ancha rivojlangan va shu bilan birga u yanada qiziqarliroq bo‘lishi ham mumkin. Xozirgi kunda Huawei kompaniyasi tomonidan 2017-yilda ochilgan International House litseyida “aqlli” o‘quv xonasi asosida litsey o‘quvchilarini masofadan turib o‘qitish amalga oshirilmoqda va UzReport telekanali tomonidan barcha xohlovchilar uchun televizion darslar berib borilmoqda.

O‘zining ijtimoiy mas’uliyatini ado etish Huawei kompaniyasida har doim birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina mamlakatlarda, kompaniya har tomonlama o‘zining yordamini taqdim etish va ko‘maklashishga harakat qilib kelmoqda. Bular qatorida uning Yaponiya va O‘zbekistonda Ucell aloqa operatori bilan hamkorlikda insonparvarlik yordami ko‘rinishida niqoblar taqdim etgani yoki Yangi Zelandiya klubi futbolchilari uchun Wi-Fi 4G mobil ulanish nuqtalarini taqdim etgani, yoki tibbiyot muassasalarini texnologik jihozlagani yoki o‘z xodimlarining xavfsiz ishlashi uchun qulay sharoitlarni yaratib bergani kabi ishlarni sanab o‘tish mumkin.

“Huawei kompaniyasi 170 ta mamlakatda o‘z faoliyatini amalga oshirish bilan butun dunyo bo‘ylab mahalliy jamoalarga epidemiya tarqalishi davridagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda va aholini o‘zining texnologik yechimlari bilan qo‘llab-quvvatlash uchun davlat idoralari, aloqa operatorlari va tibbiyot idoralari bilan yaqindan ish olib bormoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, korxona boshqaruvi kabi sohalar hozirda masofadan turib ishlashni ta’minlash uchun doimiy aloqaga avvalgidan ham ko‘proq ehtiyoj sezmoqda va biz buni taqdim etishga qodirmiz. Bizning Huawei kompaniyamiz bugungi kunda butun dunyoda o‘zining ijtimoiy faolligini namoyish etishda o‘zi uchun uchun belgilab olgan shioriga amal qilgan holda, barchaga “salomat bo‘lishlarini va aloqada qolishlarini tilayman” – deb ta’kidladi, Huawei Uzbekistan PR-direktori Davron Azizov.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют