» » The Guardian talqiniga ko‘ra APLda mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

The Guardian talqiniga ko‘ra APLda mavsumning eng yaxshilari aniqlandi


Angliyaning The Guardian nashri Premyer Liga joriy mavsumi bo‘yicha laureatlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane e’tirof etildi. Senegallik futbolchi chempionatning 26 o‘yinida 14 gol va 9 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.

Eng yaxshi yosh o‘yinchi nomiga “Vulverhempton” yarim himoyachisi Adama Traore loyiq ko‘rildi. U mavsum davomida 4 ta gol va 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Quyida barcha sovrindorlar bilan tanishing:

Eng yaxshi murabbiy — Kris Uaylder (“Sheffild Yunayted”);

Eng chiroyli gol — Kevin de Bryuynening “Nyukasl”ga (2:2) urgan goli;

Eng yaxshi transfer — Denni Ingz (“Liverpul”dan “Sauthempton”ga);

Eng yaxshi o‘yin — “Vulverhempton”—“Manchester Yunayted” 3:2;

Eng omadsiz klub — “Tottenhem”

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют