» » Tailanddan charter reysda olib kelingan 257 nafar o‘zbekistonlik Farg‘onadagi “Qiziltepa” sihatgohiga joylashtirildi

Tailanddan charter reysda olib kelingan 257 nafar o‘zbekistonlik Farg‘onadagi “Qiziltepa” sihatgohiga joylashtirildi


Bugun, 26-mart kuni, erta tongda Bangkok—Farg‘ona charter reysi orqali Tailanddan 257 nafar O‘zbekiston fuqarosi Farg‘onaga olib kelindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ma’lum qilindi.

Mazkur charter reys bilan olib kelingan fuqarolar Oltiariq tumanidagi “Qiziltepa” sihatgohiga joylashtirilib, karantinga olingan.

Ta’kidlanishicha, aviareys orqali 163 nafar ayol, 67 nafar erkak hamda 27 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarolari olib kelingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tailanddan olib kelingan fuqarolar orasida Bangkokda mashg‘ulotlar o‘tkazgan triatlon bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar jamoasining a’zolari ham bor.

Samolyot trapidan tushayotgan yo‘lovchilar dezinfeksiya qilinib, ularning tana harorati o‘lchangan.

Mart oylarining boshlarida O‘zbekistonning Bangkok shahridagi bosh konsulxonasi Tailand Qirolligi hukumati COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan 18 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun mamlakat aeroportlarida kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibini bekor qilgani haqida xabar bergandi. 21-mart kuni esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorij mamlakatlaridagi va og‘ir ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida Respublika maxsus komissiyasiga fuqarolarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha aviareyslarni tashkillashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 65 nafarga yetdi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют