» » Modrich “Real”ga Vlashichni sotib olishni maslahat berdi

Modrich “Real”ga Vlashichni sotib olishni maslahat berdi


Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Nikola Vlashich faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin.

Defensa Central nashrining xabar qilishicha, madridliklar yarim himoyachisi Luka Modrich vatandoshini “Real”ga tavsiya qilgan. Xorvatiyalik futbolchi jamoani tark etganidan keyin Vlashichni o‘ziga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Biroq 34 yoshli futbolchi “Real”dan hali beri ketmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Vlashich 2018-yili Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Real”ga qarshi kechgan bahsda (0:1) SSKAning g‘alabasini ta’minlagandi.

Joriy mavsum 22 yoshli futbolchi klub miqyosida 30 o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 6 ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Uning “armiyachilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют