» » Fitch agentligi O‘zbekistonning bank sektori prognozlarini barqaror deb baholadi

Fitch agentligi O‘zbekistonning bank sektori prognozlarini barqaror deb baholadi


Fitch xalqaro reyting agentligi Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus va Gruziya banklari uchun prognozni koronavirus va neft narxlarining pasayishi fonida “salbiy” darajaga tushirdi. Bu haqda agentlik tomonidan ma’lum qilindi.

Agentlik xabariga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqadagi bank sektori prognozlari barqaror bo‘lgan yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda.

Fitch tomonidan qayd etilishicha, koronavirusning tarqalishi va neft narxining pasayishi sababli yuzaga kelgan iqtisodiy bosim Rossiya va qo‘shni davlatlar banklari uchun salbiy omil bo‘lib, reytingga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, banklarga tushadigan bosim darajasi iqtisodiy inqirozning darajasi va davomiyligiga, milliy iqtisodiyot uchun o‘ziga xos xavf-xatarlar va tashqi moliyaviy manbalarga (masalan, neft narxining pasayishi, turizmdan keladigan daromad yoki pul o‘tkazmalarining pasayishi), alohida banklarning individual siyosati va biznes portfeliga bog‘liqligi aytiladi.

Ushbu bosim reytingga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligi davlat yoki aksiyadorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga ham bog‘liq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Karantin sababli ba’zi jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida 1-oktabrgacha imtiyozli davr beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют