» » Samarqandda niqobsiz yurgan fuqarolarni jarimaga tortish boshlandi

Samarqandda niqobsiz yurgan fuqarolarni jarimaga tortish boshlandi


Samarqand viloyati IIB xodimlari Samarqand shahrida karantin qoidalarini buzib, niqobsiz yurgan fuqarolarni jarimaga tortmoqda, deb xabar beradi viloyati IIB axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, 26-mart kunining yarmigacha 50 dan ortiq niqobsiz yurgan fuqaro aniqlangan. Ularga nisbatan hududiy IIB idoralarida ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Jarima qo‘llanilgan fuqarolar bu kabi holat yana qaytarilsa, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, karantin qoidalariga rioya qilmagan fuqaroalr Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga ko‘ra (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa, BHMning 3 barobari miqdorida jarimaga tortiladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 65 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют