» » Suriyada AQShning xato aviazarbasi oqibatida muxolifatning 18 jangchisi halok bo‘ldi

Suriyada AQShning xato aviazarbasi oqibatida muxolifatning 18 jangchisi halok bo‘ldi


Suriya shimolida AQSh boshliq aksilterror koalitsiyasining xato aviazarbasi oqibatida “Suriya demokratik kuchlari”ning 18 nafar jangchisi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Zarba nomi oshkor etilmagan “ittifoqchi kuchlar”ning iltimosiga ko‘ra amalga oshirilmagan; ular xatolik sabab zarba berilgan hududni IShID terrorchilari marrasi deb topgan.

Zarba aynan qayerga berilgani ochiqlanmagan, deb yozadi Meduza.

Avvalroq Amerika harbiylari Suriya rahbariyatining koalitsiya tomonidan Dayr-az-Zorda IShIDning kimyoviy qurol omborlari o‘qqa tutilgani, oqibatda “yuzlab aholi” halok bo‘lgani haqidagi bayonotini rad etib chiqqan edi. Koalitsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Suriya rahbariyatining bu bayonoti “katta ehtimol bilan, maqsadli dezinforatsiyadir”.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют