» » Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘anini Afg‘oniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Ikki davlat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘anini Afg‘oniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Ikki davlat rahbarlari koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-mart, payshanba kuni, Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari bahoriy Navro‘z ayyomi munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Ushbu farovonlik va yangilanish bayrami do‘st xalqlarning madaniy-ma’naviy merosi mushtarakligi, tinchlik va ravnaq yo‘lidagi orzu-umidlari ramzi bo‘lib kelayotgani alohida ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Ashraf G‘anini Afg‘oniston prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi hamda unga mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalarga erishishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ashraf G‘ani, o‘z navbatida, tabrik uchun, shuningdek, Afg‘onistonda tinchlikka erishish va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash yuzasidan ko‘rsatayotgan ko‘magi va faol sa’y-harakatlari uchun O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Afg‘oniston prezidenti O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan ikki yil avval o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasi muhim voqea — afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha siyosiy jarayonni boshlash, manfaatdor tomonlar muloqotining o‘zaro maqbul shakl va mexanizmlarini izlashda “boshlang‘ich nuqta” bo‘lganini qayd etdi.

Muloqot chog‘ida mintaqada yangi turdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy vaziyat va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Prezident Ashraf G‘ani O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda ko‘rsatayotgan amaliy ko‘magi uchun alohida minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston mutaxassislari tomonidan bunyod etilgan va ekspluatatsiya qilinayotgan Hayraton—Mozori Sharif temiryo‘li, shuningdek, elektr energiyasi, oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari yetkazib berilayotgani hamda savdo va gumanitar yuklarning O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranziti hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirilayotgani va ko‘rsatilayotgan boshqa yordam ushbu pandemiyaga qarshi kurashishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish hamda ikki mamlakatdagi sanitar-epidemiologik holatni nazorat qilish borasida qat’iy choralar ko‘rish muhimligini qayd etdi.

Prezidentlar ikki tomonlama, avvalo, savdo-iqtisodiy, energetika va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ham ko‘rib chiqdi, shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Afg‘onistonning barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib olindi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют