» » Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro xayriya qildi

Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro xayriya qildi


Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million yevro xayriya qildi. Bu haqda sportchi Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Konor mabg‘alni shifoxonalarga yordam berish yo‘lida sarflashni maqsad qilgan. Yakkurashchi Irlandiya moliya vaziri Paskal Donoxyu bilan yozishmalarini e’lon qilgan.

“Bugun men bir million yevroga shaxsiy himoya vositalarini sotib olaman. Ularni Lensterdagi barcha shifoxonalarga tarqatib chiqaman. Bu ayni damda eng ko‘p aziyat chekkan hudud”, — deya yozadi Makgregor.

26-mart holatiga Irlandiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 1560 dan ortdi. 9 kishi virus oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют