» » Guliston shahriga 27-martdan boshlab kirish-chiqish to‘xtatiladi

Guliston shahriga 27-martdan boshlab kirish-chiqish to‘xtatiladi


Guliston shahriga 27-mart, juma kunidan boshlab kirish va chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda “Daryo”ga Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Viloyat hududiga koronavirus kasalligining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha viloyat maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 27-mart kuni soat 00:01 dan boshlab Guliston shahriga kirish va chiqish vaqtincha to‘xtatiladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishining oldini olish ekanligi bildirilgan.

Ushbu cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq holatlar, shuningdek, shaharda doimiy yashovchi shaxslarga Guliston shahriga kirish uchun, viloyat markazidagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan ma’sul xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Guliston shahriga kirish-chiqish faqatgina ikkita yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni birinchisi — Guliston shahri Guliston ko‘chasiga yo‘l o‘tkazgich ko‘prik orqali hamda Guliston shahriga Do‘stlik qo‘rg‘oni orqali Xondamir ko‘chasiga kirib-chiqish tashkil etilgan karantin postlari orqali transport vositalari va yo‘lovchilar dezinfeksiya qilingan holda kiritilib, chiqariladi. Guliston shahriga boshqa yo‘nalishlardan kirib-chiqish joylari to‘liq yopiladi.

Qo‘yilgan cheklovlar hamda karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘riladi.

Avvalroq Surxondaryodagi “Darband” muntazam yo‘l-patrul xizmati maskani yopilgani, Namangan shahriga 26-martdan boshlab kirish-chiqish to‘xtatilgani, 6 viloyat aholisini Toshkentga olib boruvchi Samarqand postlarida kirib-chiqish to‘xtatilgani xabar berilgandi.

Shuningdek, Toshkent shahrini viloyatlar bilan bog‘lovchi postlar yopilgani, Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatilgani ham ma’lum qilingan.

Mavzuga doir: Karantin vaqtida pasport rejimini buzgan va transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazmagan fuqarolar jarimaga tortilmaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют