» » O‘zbekistonda karantin davrida bozorlardagi narx-navo qanday?

O‘zbekistonda karantin davrida bozorlardagi narx-navo qanday?


Davlat statistika qo‘mitasi 25-mart, chorshanba kuni, O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi. Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (70 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kilogramm)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (2 500 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 000 so‘m) qayd etildi.

Mavzuga doir: Foto: Toshkent shahridagi buyum va dehqon bozorlari karantin vaqtida

Piyoz 1 000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyozning minimal narxi Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”da (1 000 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 so‘m).

Sabzi 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (5 00 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 4 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, tuxum mahsulotining minimal narxi Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da qayd etildi (4 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev narxlarni asossiz oshirayotganlar haqida: “Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!”

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da ro‘yxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 13 500 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 13 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 500 so‘m) kuzatildi.

Mavzuga doir: Davlat soliq qo‘mitasi vakili narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyati davom etadigan dehqon bozorlari va oziq-ovqat do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishmovchiligi bo‘lmasligi haqida rasmiy bayonot bilan chiqqan. Unga ko‘ra, mamlakatda aholini mahsulotlar bilan uzluksiz, barqaror narxlarda ta’minlash va zaxirasini yaratish borasida hech qanday muammo mavjud emas. Bahor oylarida aholini kartoshkaga bo‘lgan talab va bozorlardagi narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida tizimli ishlar qilingani keltirilgan.

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi nazoratga olinishini ma’lum qilgandi. Tadbirkorlardan esa koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olingan.

Mavzuga doir: “Halol molimizni haromga aylantirmaylik”. Rahmatulloh qori karantin sabab bozorlarda narx-navoning sun’iy oshirilayotgani haqida (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют