» » Pentagon “Al-Qoida”ga qarshi kurashish uchun Yamanga qurolli kuchlar yuborishi mumkin

Pentagon “Al-Qoida”ga qarshi kurashish uchun Yamanga qurolli kuchlar yuborishi mumkin


Pentagonning rasmiy vakili, harbiy-dengiz kuchlari kapitani Jeff Devis “Arabiston yarimorolidagi Al-Qoida” (AYAQ) terrorchilik tarmog‘iga qarshi kurashish maqsadida AQSh qurolli kuchlarining ma’lum miqdordagi kontingenti Yamanga joylashtirilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“AQSh hukumati Yamandagi AYAQ va boshqa ekstremistik guruhlar faoliyatidan xavotirda. Shu bois hamda AQSh fuqarolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida Yamanning bir necha hududida Amerika kuchlarining cheklangan miqdordagi kontingenti joylashtirilishi mumkin”, — dedi Jeff Devis.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning ushbu arab mamlakatidagi terrorchilikka qarshi strategiyasi jangarilarning xorijdagi teraktlarni muvofiqlashtirish imkonini yo‘qqa chiqarish hamda hukumatga qarashli hududlarning AYAQ vakillari tomonidan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Pentagon vakili o‘tgan oy AQSh tomonidan Yamandagi radikallarga qarashli inshootlar, buyruq beriluvchi markazlar va ta’minot liniyalariga 70 dan ziyod aniq zarba berilganini ma’lum qildi. “Biz terrorchilarga qarshi operatsiyalarni, shu jumladan, havo operatsiyalarini davom ettiramiz”, — dedi kapitan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют