» » Olimlar koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan yangi yo‘lni aniqladi

Olimlar koronavirus yuqishi mumkin bo‘lgan yangi yo‘lni aniqladi


Inson yangi turdagi SARS CoV-2 shtammi (COVID-19 koronavirus kasalligini keltirib chiqaruvchi)ni maymunlarga yuqtirishi mumkin. Kasallik tarqalishining yangi yo‘lini mikrobiolog Arend de Xaas aniqladi, deb yozadi The Conversation.

Mutaxassisning aytishicha, so‘nggi 26 yil ichida dunyoda olti marotaba ko‘rshapalaklar orqali tashiluvchi viruslarga bog‘liq infeksiya tarqalishi kuzatilgan. Maqola muallifining so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 ni keltirib chiqaradigan SARS CoV-2 koronavirusi ko‘rshapalak va pangolinlar orqali tarqaladigan ximera virus hisoblanadi.

Mikrobiologning yozishicha, parazit viruslar yangi xo‘jayiniga hujum qilib, dastlab vaqt o‘tishi bilan tuzaladigan jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi, parazit va uning xo‘jayini bir-biriga moslashgach, xavf kamayadi.

“Bunga misol qilib inson va maymun o‘rtasida kasallik almashinuvini keltirish mumkin, ushbu holda jarayon nisbatan yengil kechadi. Maymunlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ularning odamlarda uchraydigan respirator viruslarni yuqtirib olishda favqulodda ta’sirchan ekanini ko‘rsatdi”, — deydi muallif.

Bunga ekspert odamdan gorilla yoki shimpanzega osonlikcha yuqadigan oddiy shamollashni misol qilib keltirgan. Mutaxassisning fikricha, orangutanlar insondan COVID-19 ni yuqtirib olishi mumkin. Shu sababli ekspert bu turdagi hayvonlar yashaydigan joylarga, xususan, milliy bog‘larga insonlar borishini cheklashga chaqirmoqda.

Mavzuga doir: Koronaviruslarning manbai ko‘pincha ko‘rshapalaklar bo‘lgan. Nega?

Avvalroq O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari koronavirus odamlardan hayvonga yuqadigan kasalliklar sirasiga kirmasligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют