» » AQSh ilk bor “barcha bombalarning onasi”dan foydalandi. Uni IShIDning Afg‘onistondagi obyektlariga tashlashdi

AQSh ilk bor “barcha bombalarning onasi”dan foydalandi. Uni IShIDning Afg‘onistondagi obyektlariga tashlashdi


AQSh Qurolli Kuchlari 13-aprel kuni Afg‘onistondagi IShID terrorchilari obyektlariga o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B’ni tashladi. Meduza’ning xabar berishicha, mazkur bombadan ilk bor jangovar sharoitda foydalanildi.

Xabar berishlaricha, ushbu qurol vositasida Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatidagi terrorchilarning yerosti inshootlarini yo‘q qilish maqsad qilingan.

GBU-43/B’ning boshqa bir nomi ham bor — MOAB (Massive Ordnance Air Blast, portlovchi harakatli og‘ir o‘q-dori). Mazkur qisqartmani Mother of All Bombs, ya’ni, “barcha bombalarning onasi” deb ham ta’riflashadi.

GBU-43/B bombasi 2000-yillarning boshida ishlab chiqilgan bo‘lib, u AQSh Qurolli Kuchlari ixtiyoridagi eng kuchli noyadroviy bomba hisoblanadi. Bombaning og‘irligi 9,5 tonna, quvvati — trotil ekvivalentida 11 tonna.

Bir necha yildan so‘ng Rossiyada yuqori quvvatli vakuum aviabombasi ishlab chiqilgan bo‘lib (rasmiy nomi ma’lum qilinmagan), uni, shuningdek, “barcha bombalarning otasi” deb ta’riflashadi.

Mavzuga doir: Fotofakt: Dunyodagi eng vayronkor beshta qurol

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют