» » AQShda karantinga qarshi o‘tkazilgan bazmda ishtirokchilardan biri koronavirus yuqtirib oldi

AQShda karantinga qarshi o‘tkazilgan bazmda ishtirokchilardan biri koronavirus yuqtirib oldi


AQShda bir guruh yoshlar tomonidan karantingga qarshi norozilik sifatida uyushtirilgan bazmda kamida bir kishi koronavirus yuqtirib oldi, deb xabar beradi CNN.

Kentukki shtatida istiqomat qiluvchi yoshlar karantin choralaridan norozi ekanligini ifoda etish maqsadida kechki bazm uyushtirgan. Ta’kidlanishicha, tadbir ishtirokchilari hukumatning ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi cheklovini buzgan. Ular o‘zlarini koronavirus zarar yetkaza olmaydigan “shaxs” deb hisoblab, buni isbotlashga uringan.

Bazmdan keyin unda ishtirok etgan yoshlarning kamida bir nafarida COVID-19 aniqlangan. Kentukki gubernatori Endi Bishar ushbu holatdan darg‘azab ekanligini bildirgan. “Biz bundan yaxshiroq bo‘lishimiz kerak”, — deydi amaldor.

Hukumat yoshlarni boshqalarning foydasi uchun izolyatsiyada o‘tirishga chaqirdi. Chunki yoshlar kasallikning hech qanday alomatlar kuzatilmasa-da, virus tarqatuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Mavzuga doir: AQSh Senati koronavirusga qarshi 2 trln dollarlik yordam dasturini ma’qulladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlarning 20 foizini 20-44 yosh oralig‘idagi insonlar tashkil etmoqda, Nyu-Yorkda esa 53 foiz kasallar — 19-49 yosh oralig‘idagi fuqarolar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 72) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют