» » Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi

Armanistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi


Armanistonda koronavirusga chalingan birinchi bemor vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vafot etgan bemor 72 yoshli ayol bo‘lgan. U koronavirusdan tashqari nafas yo‘llari va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan. Aynan ana shu surunkali kasalliklar bemorning hayotini saqlab qolishga imkon bermagan.

Ayol 26-mart, payshanba kuni, vafot etgan. U bir kun avval jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va ahvoli o‘ta og‘ir bo‘lgan.

Armanistonda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish uchun 16-martdan 14-aprelgacha favqulodda holat e’lon qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda mazkur infeksiya bilan 290 kishi kasallangan.

Dunyo bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 21 ming kishidan oshdi. AQSh Senati koronavirusga qarshi 2 trillion dollarlik yordam dasturini ma’qulladi. Isroil esa butunlay yopilishi mumkin.

Mavzuga doir: Uxanda koronavirus tasdiqlangan dastlabki holat haqida ma’lumot berildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют