» » “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, institut mahalla va oila institutlarini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi, fuqarolar yig‘inlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish va “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasida ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etadi. Shuningdek, u fanlararo fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shug‘ullanadi.

Mazkur institut tomonidan mahalla va oilani mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan konsepsiyalar, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslari shakllantiriladi.

Institut faoliyati quyidagi manbalar asosida moliyalashtiriladi:

Institut xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi.

Institut direktori Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Direktor o‘rinbosarlari institut direktorining tavsiyasiga asosan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Institut direktori mehnatga haq to‘lash, moddiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlariga ko‘ra vazir o‘rinbosariga, direktorning o‘rinbosarlari esa Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘iga tenglashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi O‘zbekiston Prezidenti taklifiga asosan, 18-fevraldagi farmon bilan tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-03-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют