» » Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi

Avstraliya qamoqxonasida ikki metrli bangi ilon qayta tarbiylandi


Avstraliyada ikki metrli bo‘g‘ma ilonni giyohvandlikka moyillikdan davolashdi, deb xabar berdi Northern Star nashri.

Ilon metamfetamin tayyorlanadigan yashirin yerosti laboratoriyasida yashagan. Kimyoviy bug‘lanish va havoga tarqalgan givohvand modda zarralari uni giyohvandga aylantirib qo‘ygan.

Politsiya laboratoriyani yerni fosh qilgach, ilon huquq-tartibot xizmati xodimlari qo‘liga o‘tgan. Uni Sidneydagi ulkan qamoqxona kompleksidagi hayvonlar uchun mo‘ljallangan markazga yuborishgan.

Markaz xodimi Iena Mitchellning so‘zlariga ko‘ra, ilon avvaliga o‘zini notinch, tajovuzkor va tushunarsiz tutgan. Boshqa o‘zi kabi tinch va sekin harakat qiladigan turdoshlaridan farqli o‘laroq, bu ilon o‘zi joylashtirilgan konteynerda tinmay sudralgan.

Ilonga giyohvandlikka moyillikdan butunlay qutulish uchun yetti oy kerak bo‘ldi. Hozirda unga yangi xo‘jayin qidirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...