» » Lamborghini yangi giperkarining videosini taqdim etdi

Lamborghini yangi giperkarining videosini taqdim etdi


Lamborghini kompaniyasi Squadra Corsa avtosport bo‘linmasi va Centro Stile dizayn-markazi bilan hamkorlikda yaratilgan yangi giperkarining sinovlari tasvirlangan video bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Motor.

Ikki eshikli giperkar Italiyada koronavirus sabab karantin e’lon qilinishidan bir necha hafta oldin sinovdan o‘tkazilgandi.

Avvalroq Aventador SVR deb atalgan giperkar rasmiy xabarlarda Lamborghini V12 nomi ostida e’lon qilinmoqda. Kupe SVJ (eng tezkor Lamborghini) bazasida yaratilgan va 830 ot kuchiga ega V12 atmosfera dvigateli bilan jihozlangan. Insayderlarning ta’kidlashicha, yangi giperkar Lamborghini’ning gibrid qismsiz ishlab chiqarilgan o‘n ikki silindrli so‘nggi modeli bo‘lib qoladi. Tiraji 40 donadan oshmaydigan model yil oxiriga qadar ommaga taqdim etiladi.

Odatda Squadra Corsa Lamborghini Super Trofeo chempionati uchun mashinalar yaratishga javob beradi, biroq bo‘linmaning modellari orasida oddiy yo‘lga mo‘ljallangan superkar ham mavjud. Bu turdagi birinchi va yagona loyiha — SC18. Kupe maxsus buyurtma asosida yaratilgan bo‘lib, unga Aventador SVJ’dan 770 ot kuchiga ega 6,5 litrli V12 atmosfera dvigateli o‘rnatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют