» » Xabarovskda yo‘lbars savdo markazi bo‘ylab sayr qildi (video)

Xabarovskda yo‘lbars savdo markazi bo‘ylab sayr qildi (video)


Rossiyaning Xabarovsk shahridagi “Energoplaza” savdo markazida yo‘lbars sayr qilib yurgani guvohlar tomonidan videoga olindi. Videolavha 12-aprel kuni YouTube’da e’lon qilindi.

Xabarovsk o‘lkasi bo‘yicha IIV boshqarmasining ma’lum qilishicha, politsiya mazkur holat bo‘yicha tekshiruvni boshlab yubordi.

Video bor. Ammo naryad voqea joyiga yetib borganida, yo‘lbars aniqlanmadi. Tekshiruv ishlarini olib boramiz. Bino xo‘jayini hamda shaharga kelgan shapito sirki vakillarini so‘roq qilamiz.

Xabarovsk o‘lkasi bo‘yicha IIV boshqarmasi vakili

IIV boshqarmasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, sirk savdo markazida promo-rolik suratga olgani haqidagi xabarni tekshirmoqda. Savdo markazi yaqinida joylashgan shapito sirkidan yirtqich qochib ketmagani ta’kidlanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют