» » Samarqand va Buxoro shaharlariga kirish va chiqish to‘xtatildi

Samarqand va Buxoro shaharlariga kirish va chiqish to‘xtatildi


27-mart kuni soat 00:01 dan boshlab Buxoro shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan, viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatildi. Bu haqda Buxoro shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Buxoro shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish ham to‘xtatilgan.

“Buxoro shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Buxoro shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Buxoro shahriga kirish uchun, viloyat tumanlaridan Buxoro shahridagi mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, 27-mart kuni soat 06:00 dan boshlab, Samarqand shahriga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) uchun to‘xtatildi. Shu bilan bir qatorda, Samarqand shahri hududida ham tramvay va avtobuslar harakati to‘xtatilgan.

Shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Mavzuga doir:

Respublika maxsus komissiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, Transport vazirligi tomonidan Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida 24-mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilingan, shuningdek, 22-martdan Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti — avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan. 26-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qilib, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo choralarini kuchaytirish to‘g‘risida qonunni imzolaganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют