» » “O‘zsanoatqurilishbank”dan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

“O‘zsanoatqurilishbank”dan tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik


“O‘zsanoatqurilishbank” yurtimiz aholisi hamda bank mijozlariga masofadan ko‘rsatilgan xizmatlar soni va sifatini oshirish barobarida ularning cho‘ntakbopligini ta’minlash ustida tinimsiz ishlamoqda. Bu borada tadbirkorlik subyektlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Endilikda ko‘plab tadbirkorlarimizning beminnat yordamchisiga aylanib ulgurgan – “O‘zsanoatqurilishbank” onlayn banking xizmatidan barcha yangi ulanuvchi yuridik shaxslar dastlabki 6 oy davomida mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin bo‘ldi.

Yuridik shaxslar uchun “Bank-mijoz” hamda “Mobil bank” nomli qulay tizimlar orqali barcha zarur operatsiyalarni oson va tez amalga oshirish mumkin. Xususan:

— hamkorlarning istalgan bankdagi boshqa hisob raqamlariga to‘lovlarni amalga oshirish;

— O‘zsanoatqurilishbank tizimida 24/7 rejimida to‘lov hujjatlarini yuborish;

— xodimlar maoshini ularning kartasiga o‘tkazish;

— hisobdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot olish;

— kreditlarni so‘ndirish, kommunal to‘lovlarni to‘lash va yana boshqa ko‘plab qulayliklarga ega.

Shu o‘rinda “O‘zsanoatqurilishbank” mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchiga aylangan biznes subyektlarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

0 (800) 120-77-77 O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroq bepul

+998 71 200-43-43 Dunyoning istalgan joyidan qo‘ng‘iroq uchun

+998 94 210-43-43 Telegram, WhatsApp, Viber, Imo, Skype, WeChat orqali xabarlar uchun

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют