» » Olmaotada koronavirus bilan kasallangan yana 7 kishi aniqlandi

Olmaotada koronavirus bilan kasallangan yana 7 kishi aniqlandi


27-mart soat 07:50 holatiga ko‘ra, Qozog‘istonning Olmaota shahrida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana yettita holat qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining tovarlar va xizmatlar sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Umumiy hisobda Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 120 kishiga yetgan. Shundan: Nur-Sultonda — 60 nafar, Olmaotada — 47 kishi, Qarag‘andada — 4 kishi, Chimkentda — 2 kishi, Oqmo‘lada — bir nafar, Olmaota, Akto‘be, Shimoliy Qozog‘iston viloyatlarida — bir nafardan, Jambil viloyatida esa 3 kishi.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 26-mart kuni Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Qozog‘istondan kelgan o‘zbekistonliklarning karantindagi xavfsizligini ta’minlay boshlagani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Nur-Sultonda karantin vaqtida cheklovlar kuchaytirildi. Shaharga kirib-chiqish to‘liq yopilib, blokpostlar o‘rnatildi

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Nur-Sulton va Olmaota shaharlarida 17-mart kunidan kasallik tarqalishining oldini olish uchun karantin e’lon qildi. Kechasi jamoat transporti to‘xtatildi, yirik savdo markazlari va nooziq-ovqat do‘konlar yopildi, shaharlar sektorlarga ajratildi va unga bog‘liq ravishda aholining harakati cheklandi. Qozog‘istonda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют