» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari 24 ming kishidan oshib ketdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari 24 ming kishidan oshib ketdi


Yangi turdagi koronavirus oqibatida butun dunyo bo‘ylab vafot etganlar soni 24 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan. Dunyo bo‘ylab kasallikni yuqtirib olganlar soni esa 531,7 ming kishidan oshgan.

Toshkent vaqti bilan soat 09:00 holatiga ko‘ra, kasallik oqibatida vafot etganlar soni 24 072 kishini tashkil etmoqda. Qurbonlarning asosiy qismi Italiyada — 8215 kishi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutkaning o‘zida 712 kishi virus oqibatida vafot etgan. Lombardiya va Emiliya-Romanya pandemiyaning mamlakatdagi o‘chog‘iga aylangan.

Koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Ispaniya ketmoqda — 4,3 ming kishi. Undan keyingi o‘rinni Xitoy egallagan (3292 kishi) bo‘lib, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida besh kishi vafot etgan.

AQShda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 85,5 mingdan oshib ketdi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 75 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirusga qarshi kurashga 100 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilingan. Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan karantin zonasini barpo etish ishlari yakunlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют