» » Moskvadan olib kelingan 249 nafar buxorolikning 10 nafarida ko‘ngil aynishi va holsizlik kuzatildi

Moskvadan olib kelingan 249 nafar buxorolikning 10 nafarida ko‘ngil aynishi va holsizlik kuzatildi


Rossiyaning Moskva shahridan Moskva—Buxoro yo‘nalishi orqali 25-mart kuni charter reysda 249 nafar fuqaro Buxoroga olib kelingan. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro hokimligida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi oldini olish bo‘yicha tuzilgan shtab mas’ullari ma’lum qilmoqda.

Xabarga ko‘ra 249 nafar O‘zbekiston fuqarosi karantin tartib-qoidalari asosida kutib olingan. Xorijdan qaytganlarning 213 nafari erkak, 36 nafari ayol bo‘lib, voyaga yetmaganlar 31 nafarni, 60 yoshdan oshganlar esa 7 nafarni tashkil etadi.

Xorijdan kelganlarning 10 nafarida ko‘ngil aynishi va holsizlik kuzatilgani bois ular zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, qolgan yo‘lovchilar Buxoro shahridagi karantinga moslashtirilgan harbiy qismlarning biriga joylashtirilgan.

Mavzuga doir:

Avvalroq O‘zbekistonda bir hafta ichida sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalar negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi ma’lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlarni davolash va karantin uchun 10 ga yaqin kasalxona qurilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют