» » O‘rta Chirchiqdagi klinikaning davolanuvchilari uchun qurilgan “konteyner-palata”larning birinchi partiyasi tayyor bo‘ldi (video)

O‘rta Chirchiqdagi klinikaning davolanuvchilari uchun qurilgan “konteyner-palata”larning birinchi partiyasi tayyor bo‘ldi (video)


O‘rta Chirchiq tumanining O‘rtasaroy hududidagi yangi tibbiyot klinikasining davolanuvchilari uchun qurilgan “palata”larning birinchi partiyasi ketishga tayyor bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, konteynerlarni tayyorlash jarayoniga 2 300 kishi jalb qilingan bo‘lib, har bir konteyner uch kishiga mo‘ljallangan. Hozirda 1600 ta konteynerdan iborat birinchi partiya jo‘natilishga tayyor. Bitta konteyner ishlab chiqarilishiga taxminan 6-7 soat talab etiladi.

Konteynerlarning tom qismiga maxsus izolyatsiya materiali o‘rnatilgan bo‘lib, u konteyner ichida zarur mikroiqlimni yaratishga ko‘mak beradi. Shuningdek, ularning har biri hojatxona, dush va konditsioner bilan jihozlangan.

Konteynerlar manzilga foydalanishga tayyor holatda yetkaziladi. Faqatgina televizorlar joyida o‘rnatiladi.

“Ahamiyatlisi shundaki, konteynerlar turli maqsadlarda qo‘llanish uchun mos holda ishlab chiqarilmoqda hamda ular koronavirus infeksiyasi ustidan g‘alaba qozonilganidan keyin ham ishlatilishi mumkin. Tabiiyki, sanitar talablar ham yoddan ko‘tarilmadi: kirib-chiqayotgan har bir avtomobil ikkita maxsus mashina yordamida dezinfeksiya qilinyapti. Ishchilar esa teplovizorlarda tekshirilib, gigiyena vositalari bilan ta’minlanyapti”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarni davolash va karantin uchun 10 ga yaqin shifoxona qurilayotgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 83 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirusga qarshi kurashga 100 mingga yaqin tibbiyot xodimi safarbar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют