» » Karantin sababli ko‘chaga chiqolmayotgan yakkabog‘liklarga gaz ballonlari yetkazib berildi

Karantin sababli ko‘chaga chiqolmayotgan yakkabog‘liklarga gaz ballonlari yetkazib berildi


Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanining Qizilqishloq, Cho‘yanli va Xonaqa qishloqlarida yashovchi aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi. Bu haqda “Daryo”ga “Hududgaz Qashqadaryo” MChJ axborot xizmati rahbari Otabek Mamanazarov ma’lum qilmoqda.

“Daryo”ga Yakkabog‘ tumani “Xonaqa” mahalla fuqarolar yig‘ini Cho‘yanli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Sayyora Arziyeva shikoyat qilib, ikki oydan beri qishloqqa gaz ballonlari yetkazib berilmayotganidan shikoyat qilgandi.

Fuqaroning shikoyati “Daryo”da e’lon qilingach, “Hududgaz Qashqadaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyati mas’ul xodimlari holatni o‘rgangan va Cho‘yanli qishlog‘iga 220 dona suyultirilgan gaz balloni yetkazib bergan.

“27—28-mart kunlari Qizilqishloq, Xonaqa aholisi ham gaz ballonlari bilan to‘liq ta’minlanadi”, — deydi Otabek Mamanazarov.

Mavzuga doir: Yakkabog‘dan murojaat: “Bor o‘tinni yoqib bo‘ldik. Gaz ‘zapravka’ga o‘zimiz chiqaylik desak — karantin”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют