» » Xitoy 28-martdan boshlab vizasi bor xorijliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatadi

Xitoy 28-martdan boshlab vizasi bor xorijliklarning mamlakatga kirishini to‘xtatadi


27-mart kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi dunyo bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishi sabab vizasi bor yoki yashash huquqiga ega bo‘lgan chet elliklarning mamlakatga kirishi vaqtincha cheklanishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“COVID-19’ning dunyo bo‘ylab tezkorlik bilan tarqalayotgani munosabati bilan vizasi bor yoki mamlakatda yashash huquqiga ega xorijliklarning Xitoyga kirishini vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qilindi”, — deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, mazkur cheklov chorasi 28-mart soat 00:00 dan boshlab amalda bo‘ladi.

“To‘xtatib turish bu — koronavirus tarqalishi bilan dunyoda bo‘layotgan vaziyatni hamda boshqa davlatlar tajribasini inobatga olgan holda Xitoy tomonidan vaqtincha qo‘llanilayotgan majburiy choradir”, — deyiladi TIV xabarida.

Mavzuga doir: Uxanda koronavirus tasdiqlangan dastlabki holat haqida ma’lumot berildi

Yangi turdagi COVID-19 koronavirusi dastlab Xitoyning Xubey provinsiyasidan tarqalgan. Infeksiya epidemiyaga aylanib, mamlakatdan tashqarida ham tarqala boshladi. Biroq hozirga kelib Xitoy kasallik bilan samarali kurashmoqda: kasallanganlarning 90 foizdan ortig‘i sog‘ayib ketdi, pandemiya o‘chog‘i bo‘lmish Uxan shahriga qo‘yilgan transport cheklovlari qachon olib tashlanishi ma’lum qilindi. 26-mart holatiga ko‘ra, Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 67 ta holat aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi chetdan yuqtirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh Xitoydan o‘tib ketgan, vafot etganlar soni bo‘yicha esa Italiya birinchi o‘rinda ketmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют