» » O‘zbekistonda koronavirus sharoitida pensiyalarni tarqatish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekistonda koronavirus sharoitida pensiyalarni tarqatish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi


Koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish doirasida “Xalq banki” mahalla qo‘mitalarida pensiya tarqatishning yangi tartibiga o‘tmoqda. Nafaqaxo‘rlar har bir ko‘cha va uyda alohida-alohida taklif qilinadi. Bu haqda “Xalq banki”ning pul muomalasi va kassa operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i Oltiboy Sharipovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

“Aprel oyidan boshlab oldingidek ko‘chma kassa orqali pensiyalarni tarqatishda mahalladagi nafaqaxo‘rlarning barchasini yig‘maymiz. Bu alohida ko‘chalar va uylar bo‘ylab amalga oshiriladi. O‘n kishidan ortiq odam to‘planmaydi. Bu borada bizga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi yordam beradi”, — deydi Sharipov.

Ta’kidlanishicha, ko‘chma kassa xodimlari antiseptik gellar, qo‘lqoplar va maxsus himoya kiyimlari bilan ta’minlangan.

Oltiboy Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, bank nafaqaxo‘rlarga qator qulayliklarni taklif etib, ular orasida plastik kartochka egalari sonini ko‘paytirish bo‘yicha ham ish olib bormoqda. “Xalq banki”ning “Nafaqa” (yillik 8 foiz) kartasi bepul ochiladi. Kartadagi nafaqa qoldig‘iga oylik foizlar to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ushbu karta orqali overdraft xizmatidan foydalanish mumkin — hisobda pul yetmasa, bank eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida kredit beradi. Overdraftdan har oy pensiya tushguniga qadar foydalanish mumkin. Kredit muddati — 12 oy, oylik foiz stavkasi — 1,33 foiz.

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,4 million nafaqa oluvchilar bor bo‘lib, ularga har oyi qariyb 2,6 trillion so‘m to‘lanadi. Ushbu mablag‘ning 82 foizi naqd pul, qolgan qismi kartochkalar orqali to‘lanmoqda.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Karantin sababli ba’zi jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida 1-oktabrgacha imtiyozli davr beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют