» » Qarshi shahriga kirish-chiqish 28-martdan boshlab to‘xtatiladi

Qarshi shahriga kirish-chiqish 28-martdan boshlab to‘xtatiladi


Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi Qarshi shahriga 28-mart soat 00:01 dan boshlab har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) kirish-chiqish to‘xtatiladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu chora viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida ko‘rilgan.

Viloyat va shaharga kirish-chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilot (nodavlat tashkilot)larda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan rahbar va xodimlar, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat hokimining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlar ro‘yxat va viloyat YPX maxsus ruxsatnomasi asosida viloyat bo‘ylab harakatlanishi mumkin.

Shu bilan bir qatorda, 28-mart kuni soat 6:00 dan boshlab Qarshi shahri hududida barcha qatnovlar (yo‘lovchi tashuvchi, onlayn xizmat ko‘rsatuvchi avtomashinalar, avtobus va mikroavtobuslar) harakati to‘xtatiladi. Korxonalarning oziq-ovqatlarni xonadonlarga yetkazib berish avtomashinalari harakatlanishi mumkin.

Har bir tuman (shahar)lar hududlariga kirish-chiqishni nazoratga olish va avtomashinalarni dezinfeksiya qilish choralarni ko‘rish maqsadida vaqtinchalik maskan (post)lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, zarur hollarda viloyat aholisining boshqa viloyatlar hududiga chiqishi va kirishi (piyoda yoki avtomashinada)ga yuqori darajada cheklovlar o‘rnatiladi. Zarurat bo‘lmaganda viloyat hududidan chiqish tavsiya etilmaydi.

Viloyat va shahar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlarga va karantin qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirish berilgan.

Avvalroq Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Zarafshon shaharlariga ham kirish-chiqish cheklangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют