» » Putin G20 davlatlariga savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi

Putin G20 davlatlariga savdo urushlari va xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi munosabati bilan chaqirilgan G20ning favqulodda sammitida dori-darmon, oziq-ovqat, asbob-uskunalar va texnologiyalarni o‘zaro yetkazib berish uchun savdo urushlari va  xalqaro sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

“Biz birinchi navbatdagi zarur tovarlarni cheklashga, shuningdek, ularni sotib olish uchun moliyaviy tranzaksiya chekloviga yakdillikda moratoriy joriy etishimiz kerak”, — degan Putin.

U, shuningdek, Xalqaro valyuta fondi qoshida pandemiyadan aziyat chekkan mamlakatlarga moliyaviy yordam berish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etishni taklif qildi.

Qayd etilishicha, G20 sammiti videoaloqa shaklida o‘tkazilgan. Sammit natijalari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilingan bo‘lib, “Katta yigirmatalik” davlatlari koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozni yechish uchun 5 trillion AQSh dollari ajratishga kelishgan.

“Aftidan, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq muammolar 2008—2009-yillardagi moliyaviy inqirozdan ham kuchliroq zarbalarga olib kelishi mumkin, savdo mojarolari va sanksiyalar esa retsessiyani kuchaytiradi”, — degan Putin.

Birinchi navbatdagi zarur tovarlarga oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Rossiyada 2014-yildan buyon oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga taqiq o‘rnatilgan.

Avvalroq Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristalina Georgiyeva 2020-yilda jahon iqtisodiyotini 2008-yildagidan ham og‘irroq retsessiya kutayotganini, koronavirus oqibatida qiyinchiliklarga, asosan, rivojlanayotgan davlatlar duch kelishi kutilayotganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni rekord darajada ko‘paydi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 25-mart holatiga ko‘ra, 658 kishiga yetgan. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus qurbonlari 24 ming kishidan oshib ketdi. Kasallikni yuqtirib olganlar soni esa 531,7 ming kishidan oshgan.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 83 nafarga yetdi. Yetti bemorning ahvoli og‘ir.

Mavzuga doir: BMT koronavirusga qarshi kurashda kambag‘al davlatlarga yordam rejasi ishga tushirilganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют