» » Qirg‘izistondan Farg‘onaga olib kelingan fuqarolarning birida isitmalash holati kuzatildi

Qirg‘izistondan Farg‘onaga olib kelingan fuqarolarning birida isitmalash holati kuzatildi


Qirg‘iziston Respublikasining Qizilqiya shahridan Farg‘ona viloyatiga 26-mart kuni soat 23:00 da 67 nafar o‘zbekistonlik olib kelingan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Quvasoy shahridagi “O‘zbekiston” chegara postida olib kelingan fuqarolar belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirilgan.

Tekshiruv natijasida 1989-yil tug‘ilgan farg‘onalik M.A.da tana harorati ko‘tarilishi kuzatilgani bois tez tibbiy yordam mashinasida viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib ketilgan.

Qolgan 66 nafar fuqaro maxsus ajratilgan avtobuslarda Quvasoy shahridagi “Kvarts” AJga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirilgan va to‘liq tibbiy kuzatuvga olingan.

Ta’kidlash lozimki, Qirg‘izistondan olib kelingan 67 nafar fuqaroning 7 nafari Samarqand, 5 nafari Qashqadaryo, 4 nafari Andijon va 51 nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-03-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют